Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Otajonova shoirlar bilan bunday uchrashuvlar ijodkor talabalar uchun juda katta ilhom manbai ekanligini uqtirib, talabalarni she’riyat bilan oshno bo‘lishga, buning uchun ko‘plab kitoblar o‘qishga chorladi. Qiziqarli ijodiy kecha davom etar ekan, shoira o‘zining 3 aprel sanasida sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan bir voqeani ifodalab yozgan "Yolg‘onchi aprel" nomli she’rini o‘qidi va bu she’r talabalar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi. Shoir she’r o‘qishda davom etar ekan, "sevgi mavzusida she’r yozmagan shoir-shoir emas" - deydi u. Davra suhbati davomida shoira o‘zining ijod gulshanidan bir qator she’rlari "Zamonaviy sharq adabiyoti" to‘plamiga kiritilganligini mamnuniyat bilan tilga oldi. Davra ishtirokchilari qalbida "Bo‘ldi yig‘lamayman" deb nomlangan she’ri barchani to‘lqinlantirib yubordi va uzoq olqishga sabab bo‘ldi. Bolalar adabiyoti, avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go’zalligi, tilning ifodaliligi, she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya - buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi. Talabalar o‘zlarini dil izhorlarini va kechadan olgan taasurotlarini bildirdilar. If you treasured this article and you would like to obtain more info pertaining to Шер nicely visit our site.
|